Razz

Razz – bu 7 kartali Stud ning bir turi boʻlib, bunda gʻolib eng kuchsiz kombinatsiya yordamida aniqlanadi.

Oʻyinda sakkiztagacha odam ishtirok etishi mumkin. Oʻyin 2 dan tuzgacha boʻlgan 52 kartadan iborat dastadan oʻynaladi. Razzda oʻyinchilarga yettitadan karta taqsimlanadi, ammo gʻolibni aniqlash uchun har bir oʻyinchining eng yaxshi beshta kartadan iborat low-kombinatsiyasidan foydalaniladi. Razzda low-kombinatsiyasi uchun "sakkiz yoki undan yaxshiroq" degan talab yoʻq.

Yetti kartali Stud Hi-Low va Omaha Hi-Low dan farqli oʻlaroq, Razzda "kvalifikator" yoʻq, ya'ni eng kuchli low-kombinatsiya butun bankni yutib oladi.

Razzdagi darajalarning kattaligi pastga qarab: qargʻalar, tapponlar, gʻishtinlar, chilliklar.